EʼLON

29/08/2026

Tayanç doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc)ga qabul: ilmiy tadqiqot işi taqdimotiga qōyiladigan talablar, baholaş mezonlari va apellyatsiya tartibi tōḡrisida

Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Ōzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi “Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlaş va ularni attestatsiya qiliş tizimini takomillaştiriş tōḡrisida”gi PF-98-son Farmoniga muvofiq, ilmiy kadrlar tayyorlaşning ustuvor yōnalişlariga oid ixtisosliklar bōyiça tayanç doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc)ga qabul kiriş imtihoni ōrniga ilmiy tadqiqot işi taqdimoti asosida amalga oşirilişini maʼlum qiladi.

  1. Taqdimotga qo‘yiladigan asosiy talablar

— taqdimot davlat tilida tayyorlanadi; institut faoliyat yōnalişi xususiyatidan kelib çiqib rus yoki ingliz tilida tayyorlanişiga ham yōl qōyiladi;

— PhD talabgorlari uçun taqdimot: tadqiqot mavzusi va talabgor tōḡrisidagi maʼlumotlar, mavzuning dolzarbligi va ōrganilganlik darajasi, tadqiqot maqsadi va vazifalari, obyekti/predmeti/qamrovi, metodologiyasi va usullari, tadqiqot ḡoyasi va ilmiy ahamiyati, amalga oşiriş bosqiçlari va iş rejasi, amalga oşiriş imkoniyati va yakuniy asoslaş bōlimlaridan iborat bōladi;

— DSc talabgorlari uçun taqdimot: yuqoridagilarga qōşimça ravişda avvalgi ilmiy natijalar va ularning boḡliqligi, ilmiy muammoning zamonaviy holati, tadqiqot konsepsiyasi, kutilayotgan ilmiy yangilik hamda tadqiqotni amalga oşiriş strategiyasi bōlimlarini ōz içiga oladi;

— taqdimotda keltiriladigan barça maʼlumotlar işonçli ilmiy, statistik yoki tahliliy manbalarga asoslanişi şart;

— taqdimot loyihasi hujjat topşiriş jarayonida talabgor tomonidan Yagona elektron tizimga elektron şaklda yuklanadi.

  1. Baholaş mezonlari

— talabgorning taqdimoti 100 ballik tizimda baholanadi;

— baholaş ikki bosqiçda ōtkaziladi: birinçi bosqiçda hujjat topşiriş jarayonida taqdim etilgan materiallar bōyiça dastlabki baho, ikkinçi bosqiçda talabgorning oḡzaki taqdimoti va komissiya savollariga javoblari bōyiça yakuniy baho qōyiladi;

— har bir komissiya aʼzosi talabgorni mustaqil baholaydi, yakuniy natija barça aʼzolar qōygan ballarning ōrtaça arifmetik qiymati sifatida hisoblanadi;

— baholaş tōliq mezonlar jadvali (kōrsatkiçlar va ball beriş şartlari bilan) uşbu eʼlonga ilova qilingan tegişli hujjatda keltirilgan.

  1. Apellyatsiya tartibi

— talabgor baholaş natijalari eʼlon qilingan kundan boşlab 1 (bir) iş kuni içida institut qabul komissiyasi nomiga yozma apellyatsiya arizasi bilan murojaat qilişi mumkin;

— apellyatsiya arizasini kōrib çiqiş uçun baholaşda iştirok etmagan aʼzolardan iborat alohida apellyatsiya komissiyasi tuziladi;

— ariza kelib tuşgan kundan boşlab 3 (uç) iş kuni içida kōrib çiqiladi va natija talabgorga yozma ravişda maʼlum qilinadi.

  1. Muhim muddatlar

— hujjat topşiriş jarayonida taqdimot loyihasini Yagona elektron tizimga yuklaş — belgilangan qabul muddatlarida;

— yuklangan taqdimot loyihalariga tegişli ōzgartiriş kiritiş imkoniyati — 2026-yil 30-oktabrga qadar.

Qōşimça maʼlumot va murojaatlar uçun institutning ilmiy işlar bōyiça bōlimiga murojaat qilişingiz mumkin.