Mustaqilligimiz — buyuk qadriyatimiz!

01/09/2026

Hurmatli yurtdoshlar, aziz ustozlar, talabalar va hamkorlar!
Sizlarni xalqimiz uchun eng ulug‘ va qadrli bayram — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Mustaqillik — xalqimizning ozod va erkin hayotini, milliy qadriyatlarimiz va buyuk kelajagimizni belgilab bergan bebaho ne’matdir. O‘tgan 35 yil davomida yurtimiz taraqqiyot va bunyodkorlik yo‘lidan dadil odimlab, barcha sohalarda salmoqli natijalarga erishdi.

Bugun biz — ta’lim fidoyilari zimmasidagi eng muhim vazifa — yosh avlodga sifatli ta’lim va tarbiya berib, Vatanimiz ravnaqi uchun munosib, bilimli va fidoyi avlodni voyaga yetkazishdir.

Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, xonadonlaringizga tinchlik va fayz-u baraka tilayman.

Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Oybek Ruziyev
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori