BAYRAMGA QO‘SHALOQ BAYRAM!

01/09/2026

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Tashabbusli budjet” loyihasida erishilgan bugungi g‘alaba Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi uchun katta quvonchli voqea bo‘ldi.

Mazkur natijaga erishishda faol ishtirok etgan institut professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari, shuningdek, tashabbusimizni qo‘llab-quvvatlab, o‘z ovozlarini bergan ularning oila a’zolari, yaqinlari hamda barcha fuqarolarga samimiy minnatdorlik bildiraman.

🤝 Sizlarning birdamligingiz, tashabbusga bo‘lgan ishonchingiz va faol qo‘llab-quvvatlashingiz ushbu yutuqqa erishishda muhim omil bo‘ldi.

🏆 Ushbu g‘alaba — institut jamoasi va tashabbusimizni qo‘llab-quvvatlagan barcha fuqarolarning birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasidir.

Fursatdan foydalanib, barchangizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, tinchlik-xotirjamlik va faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Mustaqillik bayramini o‘z yaqinlaringiz davrasida ko‘tarinki kayfiyatda nishonlashingizni tilayman.

🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!

🏆 G‘alabamiz muborak!
Hurmat bilan,

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori
O.A. Ruziyev