DTPI va Politexnikum o‘rtasidagi hamkorlik — real natijalar bilan o‘z isbotini topmoqda.

17/08/2026
⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga biriktirilgan Denov tuman 2-son politexnikumining o’quvchisi Tursunova Mashxura DTPI rektori O.A.Ruziyev tomonidan Aniq va tabiiy fanlar fakulteti “Biologiya va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari texnologiyalari” kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Biologiya” fani kursi  dars mashgʻulotlarida faol qatnashib, umumtaʼlim fanlaridan Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida imtiyoz beruvchi milliy sertifikatlarga ega boʻlib, mana bugun Qabul 2026-2027 o’quv yilida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi bo’lish baxtiga musharraf bo’ldi.


📌 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.A.Ruziyev tomonidan yoshlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni oliy ta’limga keng jalb etish hamda iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar o‘zining samarali natijasini bermoqda.