2026/2027-ōquv yili uçun oliy taʼlim muassasalariga yakuniy tanlov natijalari — mandat eʼlon qilindi.
Avvalo, talabalikka tavsiya etilgan barça yoşlarni uşbu quvonçli kun bilan çin qalbimdan muborakbod etaman!
Bugun sizlar hayotingizdagi eng muhim va unutilmas kunlardan birini boşdan keçirmoqdasiz. Sizning bu natijangiz ortida yillar davomidagi izlaniş, mehnat, ustozlaringizning saboḡi va ota-onangizning işonçi turibdi. Bu yutuq — nafaqat sizning, balki sizni qōllab-quvvatlagan oilangiz va ustozlaringizning ham quvonçidir.
Endi oldingizda yangi, yanada masʼuliyatli bosqiç — talabalik davri turibdi. Oliy taʼlim dargohida sizlarni yangi bilimlar, yangi dōstlar, yangi imkoniyatlar va katta maqsadlar kutmoqda. Tanlagan yōnalişingizni çuqur egallab, zamonaviy bilim va kōnikmalarni ōzlaştirişingiz, kelajakda mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qōşadigan malakali mutaxassis bōlib yetişişingizga işonaman.
Şu bilan birga, talabalikka tavsiya etilmagan yoşlarimiz uçun ham imkoniyatlar eşigi oçiq. Yurtimizning barça hududlarida faoliyat yuritayotgan texnikumlarda taʼlim oliş va zamonaviy kasb egallaş imkoniyati mavjud.
Barça yangi talabalarni yana bir bor samimiy muborakbod etaman!
Sizlarga mustahkam soḡliq, katta marralar, ilm yōlida muvaffaqiyat va yorqin kelajak tilayman!
Talabalik baxti muborak bōlsin!
Qōnḡirotboy Şaripov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri