“O‘zkomnazorat” DTPIda ommaviy sayyor qabul o‘tkazdi
12/08/2026
“O‘zkomnazorat” inspeksiyasining Surxondaryo viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i Xurshid Shonazarov Denov tumanida aholi va tadbirkorlar uchun ommaviy sayyor qabul o‘tkazdi.
Murojaatlarda asosan internet tezligi va sifati, mobil aloqa qamrovi, telefon va pochta xizmatlari, shuningdek, OAV, internet nashrlari, veb-saytlar va axborot tarqatish bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi. Axborot sohasidagi masalalar yuzasidan esa amaldagi qonunchilik talablari, axborotni tarqatish tartibi, OAV va internet platformalarining huquq hamda majburiyatlari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Fuqarolarga murojaatlarning huquqiy asoslari va ularni hal etish tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Qo‘shimcha o‘rganish yoki boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni talab qiladigan murojaatlar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.