🖇 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida 2026–2027-o‘quv yilini munosib kutib olish maqsadida talabalarni turar joy bilan ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda.
Shu maqsadda institutda tashkil etilgan shtab faoliyati orqali yangi o‘quv yilida tahsil olish uchun keladigan talabalar, ayniqsa, turar joyga ehtiyoji bo‘lgan yoshlarni aniqlash, ularni talabalar turar joylari va ijara xonadonlariga joylashtirish masalalari muvofiqlashtirilmoqda.
Shtab a’zolari tomonidan mavjud turar joylar holati o‘rganilib, ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar jamlanmoqda.