Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish istagidagi talabgorlar diqqatiga!
13/08/2026
IKКINCHI VA UNDAN KEYINGI OLIY TA’LIM OLISH ISTAGIDAGI TALABGORLAR DIQQATIGA!
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga 2026/2027-o‘quv yilida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish uchun my.edu.uz platformasi orqali ariza topshirgan talabgorlar diqqatiga!
Talabgorlar uchun suhbatlar 2025-yil 26–27-avgust kunlari soat 09:00 dan 17:00 gacha tegishli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan manzillarda o‘tkaziladi.
Suhbat o‘tkaziladigan sanalar, manzillar va auditoriyalar:
“Psixologiya” 26-avgust, 09:00–17:00 Sariosiyo tumani, Gulobod mahallasi, “Pedagogika” fakulteti binosi, “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi, 304-auditoriya.
“Maktabgacha ta’lim” va “Musiqa ta’limi” 26-avgust, 09:00–17:00 Sariosiyo tumani, Gulobod mahallasi, “Pedagogika” fakulteti binosi, “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi, 103-auditoriya.
“Boshlang‘ich ta’lim” 26-avgust, 09:00–17:00 Sariosiyo tumani, Gulobod mahallasi, “Pedagogika” fakulteti binosi, “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi, 218-auditoriya.
“O‘zbek tili va adabiyoti” hamda “Filologiya tillarni o‘qitish: o‘zbek tili” 26–27-avgust, 09:00–17:00 Denov tumani, “Istiqlol” mahallasi, Sh. Rashidov ko‘chasi, 360-uy, DTPI o‘quv binosi, “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi, 123-auditoriya.
“Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti” 26-avgust, 09:00–17:00 Denov tumani, “Istiqlol” mahallasi, Sh. Rashidov ko‘chasi, 360-uy, DTPI o‘quv binosi, “Rus tili va adabiyoti” kafedrasi, 304-auditoriya.
“Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili” hamda “Filologiya tillarni o‘qitish: ingliz tili” 26–27-avgust, 09:00–17:00 Denov tumani, “Istiqlol” mahallasi, Sh. Rashidov ko‘chasi, 360-uy, DTPI o‘quv binosi, “Xorijiy til va adabiyoti” kafedrasi, 122-auditoriya.
“Jismoniy madaniyat” 26-avgust, 09:00–17:00 Denov tumani, “Qo‘zichoqli” mahallasi, Bog‘ ko‘chasi, 112-uy, DTPI bosh binosi, “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi, 134-auditoriya.
“Tarix” 26–27-avgust, 09:00–17:00 Denov tumani, “Qo‘zichoqli” mahallasi, Bog‘ ko‘chasi, 112-uy, DTPI bosh binosi, “Tarix va falsafa” kafedrasi, 322-auditoriya.
“Iqtisodiyot” 26–27-avgust, 09:00–17:00 Denov tumani, “Qo‘zichoqli” mahallasi, Bog‘ ko‘chasi, 112-uy, DTPI bosh binosi, “Raqamli iqtisodiyot” kafedrasi, 224-auditoriya.
“Moliya va moliyaviy texnologiyalar” hamda “Bank ishi” 26–27-avgust, 09:00–17:00 Denov tumani, “Qo‘zichoqli” mahallasi, Bog‘ ko‘chasi, 112-uy, DTPI bosh binosi, “Moliya va bank ishi” kafedrasi, 326-auditoriya.
“Biologiya” 26-avgust, 09:00–17:00 Denov tumani, “Istiqlol” mahallasi, Sh. Rashidov ko‘chasi, 360-uy, DTPI o‘quv binosi, “Biologiya va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari” kafedrasi, 118-auditoriya.
“Kimyo” 26-avgust, 09:00–17:00 Denov tumani, “Istiqlol” mahallasi, Sh. Rashidov ko‘chasi, 360-uy, DTPI o‘quv binosi, “Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar” kafedrasi, 207-auditoriya.
“Fizika” hamda “Qurilish muhandisligi” 26-avgust, 09:00–17:00 Denov tumani, “Istiqlol” mahallasi, Sh. Rashidov ko‘chasi, 360-uy, DTPI o‘quv binosi, “Umumiy fizika va qurilish muhandisligi” kafedrasi, 207-auditoriya.
“Matematika” hamda “Amaliy matematika” 26-avgust, 09:00–17:00 Denov tumani, “Istiqlol” mahallasi, Sh. Rashidov ko‘chasi, 360-uy, DTPI o‘quv binosi, “Oliy matematika” kafedrasi, 216-auditoriya.
“Kompyuter injiniringi” hamda “Sun’iy intellekt” 26-avgust, 09:00–17:00 Denov tumani, “Qo‘zichoqli” mahallasi, Bog‘ ko‘chasi, 112-uy, DTPI bosh binosi, “Axborot texnologiyalari” kafedrasi, 201-auditoriya (Hind markazi).
Hurmatli talabgorlar! Suhbatda ishtirok etish uchun belgilangan sana va manzilga o‘z vaqtida yetib kelishingizni so‘raymiz.
Suhbat komissiyasiga taqdim etiladigan hujjatlar
Rektor nomiga ariza
Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda) 4 dona
Bakalavr darajsini olganligi to‘g‘risidagi diplom (ilovasi bilan birga) asl nusxasi
Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat; (agar bo‘lsa)
Fotosurat 3,5×4,5 (12 dona)
Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skoroshivatel)
Konvert A5 formatida
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim — yangi imkoniyatlar sari yana bir qadam!