PhD MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

12/08/2026

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar kafedrasi tayanch doktoranti Ruziboyeva Guzal Sultonaliyevna Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.K/T.12.05 raqamli Ilmiy kengash majlisida 02.00.01 – “Noorganik kimyo” va 02.00.04 – “Fizik kimyo” ixtisosliklari bo‘yicha tayyorlagan “Ba’zi d-metallarning tiadiazol hosilalari bilan kompleks birikmalari sintezi, tuzilishi va fizik-kimyoviy xossalari” mavzusidagi kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Institut jamoasi nomidan Ruziboyeva Guzal Sultonaliyevnani ushbu yuksak ilmiy yutuq bilan chin dildan tabriklab, mustahkam sog‘lik, ilmiy izlanishlarida bardavom muvaffaqiyatlar va yangi yutuqlar tilaymiz!