Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: ustuvor vazifalar belgilab olindi
12/08/2026
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yilini munosib kutib olish, ta’lim jarayonini yuqori saviyada tashkil etish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlikning bugungi holati tanqidiy-tahliliy nuqtai nazardan ko‘rib chiqilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilab olish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Xususan, o‘quv xonalari, ma’ruza zallari, laboratoriyalar, amaliy mashg‘ulot xonalari va boshqa ta’lim infratuzilmasi ob’ektlarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash, institut hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shundan so‘ng institut rektori yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.