Mustaqillikning 35 yilligi — ilm-fan sohasidagi yutuqlar bilan kutib olinmoqda

12/08/2026
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining har bir yili ilm-fan, ta’lim va innovatsiyalar sohasida yangi cho‘qqilarni zabt etish yili bo‘lib kelmoqda.



Yana sanoqli kunlardan so‘ng mamlakatimiz ahli mustaqilligimizning 35 yilligini keng nishonlaydi. Bu qutlug‘ sana arafasida DTPI “Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash” bo‘limi tomonidan institutning ilmiy salohiyati bo‘yicha erishilgan yutuqlar sarhisob qilindi.

Institut professor-o‘qituvchilari orasida jami 33 nafar olim ilmiy daraja va unvonlar sohibi bo‘lib, ularning 3 nafari fan doktori (DSc), 9 nafari dotsent ilmiy unvoni, 22 nafarini falsafa doktorlari (PhD) tashkil etmoqda. Institutda ilmiy salohiyat 38 foizga yetdi.

DTPI jamoasi ushbu sanani yangi ilmiy g‘alabalar, yosh olimlarning yorqin natijalari bilan kutib olmoqda.