35 000 TASHABBUS — O‘Z G‘OYANGIZNI HAYOTGA TATBIQ ETISH UCHUN YANA BIR IMKONIYAT!

12/08/2026

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “35 000 tashabbus” umummilliy yoshlar tashabbusi dasturiga start berildi.

Dastur doirasida talaba-yoshlar va oliy ta’lim muassasalari xodimlari o‘zlarining jamiyatdagi dolzarb muammolar yechimiga qaratilgan tashabbuslarini taqdim etishlari mumkin.

Ustuvor yo‘nalishlar:
Ekologiya
Ta’lim
Raqamli texnologiyalar
Muhandislik
Sog‘liqni saqlash

Sizning g‘oyangiz jamiyatdagi dolzarb muammolarga innovatsion yechim bo‘lishi mumkin! Ro‘yxatdan o‘tish va tashabbusingizni yuborish:
tashabbus.yito.uz

DTPI talabalari va professor-o‘qituvchilari!
Ushbu imkoniyatdan unumli foydalaning, o‘z innovatsion g‘oyalaringizni taqdim eting va mamlakat taraqqiyotiga o‘z hissangizni qo‘shing.

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

@sattorov_6137
+998 97 755 07 47