335-nafar yoş mutaxassis—yangi marralar, yangi imkoniyatlar sari!
07/08/2026
🔹DTPIda 2025/2026-ōquv yilida Filologiya fakultetini muvaffaqiyatli tamomlagan 335-nafar bitiruvçiga diplomlar tantanali ravişda topşirildi. Tadbir davomida bitiruvçilarning taʼlim jarayonida erişgan yutuqlari, ilmiy va ijtimoiy faoliyati alohida eʼtirof etildi. Yoş mutaxassislarga fakultet dekani M.Musurmankulova, kafedra professor-ōqituvçilari hamda ota onalar tyutorlar tomonidan kelgusidagi faoliyatida ulkan zafarlar, kasbiy rivojlaniş va yangi marralar tilandi.
Quvonarlisi, fakultet bitiruvçilarining bandligi tōliq taʼminlanib, ularning egallagan mutaxassisliklari bōyiça mehnat faoliyatini boşlaşi uçun zarur şaroitlar yaratildi. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti barça bitiruvçilarni uşbu unutilmas kun bilan muborakbod etadi va kelgusi faoliyatlarida omad hamda muvaffaqiyatlar tilaydi.