JICA vakillari bilan DTPIda istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qildi
31/07/2026
🇯🇵 Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning “Bir mahalla – bir mahsulot” loyihasi rahbari Yuki Kawada xonim Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga tashrif buyurdi. Loyiha rahbarini institutimiz rektori Oybek Roʻziyev rahbarligida mutasaddilar kutib olishdi.
🤝 Tashrif davomida institutimizda talabalarning puxta bilim olishlari maqsadida yaratilgan sharoitlar tushuntirildi. Sharof Rashidov ko‘chasi uy manzilida joylashgan binoda faoliyat ko‘rsatayotgan kafedralar tanishtirildi.