📌 Mamlakatimizda eʼlon qilingan “Dolzarb 90 kunlik” tadbirlari doirasida yoşlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, ularning huquqiy va fuqarolik masʼuliyatini yanada oşirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Şu munosabat bilan, Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida talaba-yoşlar hamda mudofaa sohasi mutasaddilari ōrtasida oçiq va samimiy muloqot bōlib ōtdi.
Tadbirda hududiy mudofaa işlari bōlimlari rahbarlari iştirok etişdi: 🔹 S. Hamdamov — Denov tumani mudofaa işlari bōlimi boşliḡi; 🔹 J. Safarov — Sariosiyo tumani mudofaa işlari bōlimi boşliḡi; 🔹 S. Xudoyqulov — Uzun tumani mudofaa işlari bōlimi boşliḡi.
Muloqot davomida mudofaa sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar, Vatan oldidagi burç va masʼuliyat hamda bugungi kunda yoşlar uçun yaratilayotgan keng imkoniyatlar atrofliça muhokama qilindi. Talaba-yoşlar ōzlarini qiziqtirgan barça savollarga mutasaddilardan batafsil va atrofliça javoblar olişdi.