JICA vakillari bilan DTPIda istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qildi
31/07/2026
🇯🇵 Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning “Bir mahalla – bir mahsulot” loyihasi rahbari Yuki Kawada xonim Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida issiqxona, innovatsion loyihalar, tikuvchilik, pishiriq, til o‘rganishga oid to‘garaklarda, axborot-resurs markazida bo‘lishdi.
🌿 Institut olimlari tomonidan lavanda o‘simligini chuqur qayta ishlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ilmiy ishlanmalar, jumladan, lavandadan yostiqlar hamda efir moyi ishlab chiqarish loyihalari taqdim etildi. JICA vakillari ushbu innovatsion tashabbuslarni yuqori baholab, ularni rivojlantirish imkoniyatlariga alohida qiziqish bildirdilar.