2026-yil 16–21-iyun kunlari sportning para kamondan otish turi boʻyicha kattalar oʻrtasida oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi Hayitaliyeva Zuhra Shuhrat qizi muvaffaqiyatli ishtirok etib, jamoaviy bahslarda 🥉 III darajali diplom va bronza medal sohibasi boʻldi.
👏 Talabamizning ushbu yutugʻi institutimiz sportchilari safida yana bir muhim natija sifatida qayd etildi.
🎉 Hayitaliyeva Zuhrani ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi musobaqalarda yanada ulkan zafarlar tilaymiz!