Yo’l transporti xodisalarini oldini olish choralar

09/06/2026

Yo’l-transport hodisalari butun dunyoda insonlar hayoti va sog’lig’iga jiddiy xavf tug’diradigan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Yo’l harakati ishtirokchilarining qoidalarga rioya qilmasligi, texnik nosoz transport vositalaridan foydalanish va yo’l infratuzilmasidagi kamchiliklar turli fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu bois yo’l-transport hodisalarining oldini olish davlat siyosatining muhim yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.

Yo’l-transport hodisalariga sabab bo’luvchi omillar quyidagilardan iborat:

  1. Haydovchilar tomonidan yo’l harakati qoidalarining buzilishi;
  2. Tezlik me’yorlariga rioya etmaslik;
  3. Mast holda transport vositasini boshqarish;
  4. Telefondan foydalanib haydash kabi diqqatni chalg’ituvchi harakatlar;
  5. Transport vositalarining texnik nosozligi;
  6. Piyodalar tomonidan belgilangan qoidalarga amal qilmaslik;
  7. Yo’l infratuzilmasidagi kamchiliklar.

Yo’l transport hodisasini sodir yetganlik uchun MJtK hamda JKning tegishli moddalari bilan javobgarlikka sabab bo’ladi.

            Yo’l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish, xaydovchilar va piyodalar tomonidan belgilangan qoidalarga amal qilinishi yo’l-transport hodisalarining oldini olishning asosiy omili hisoblanadi, haydovchilarning huquqiy va amaliy bilimlarini oshirish, haydovchilarni muntazam ravishda qayta tayyorlash va malakasini oshirish ularning mas’uliyatini kuchaytiradi, transport vositalarining texnik holatini nazorat qilish, texnik ko’riklarni o’z vaqtida o’tkazish va nosoz transport vositalarining harakatlanishiga yo’l qo’ymaslik muhim ahamiyatga ega, xamda yo’l infratuzilmasini takomillashtirish, zamonaviy svetoforlar, yo’l belgilari, piyodalar o’tish joylari va videokuzatuv tizimlarini keng joriy etish xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi, profilaktik targ’ibot ishlarini kuchaytirish

Yo’l-transport hodisalarining oldini olish faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi bo’lib qolmasdan, har bir haydovchi va piyodaning mas’uliyatini ham talab qiladi. Qonun talablariga rioya qilish, transport vositalarining texnik sozligini ta’minlash, yo’l infratuzilmasini takomillashtirish va profilaktika ishlarini kuchaytirish orqali yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash mumkin.

 

Jinoyat ishlari bo’yicha

Denov tuman sudining raisi:                                                S.Bo’tayev