Magistrantlarning magistrlik dissertatsiyalari himoyalari davom etmoqda
05/06/2026
📌 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Matematika mutaxassisligi magistrantlarining magistrlik dissertatsiyalarini himoya qilish jarayonlari davom etmoqda. Institut rektorining tegishli buyrug‘i asosida magistrantlarga yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etishga ruxsat berilgan.
📍 Bugun mazkur mutaxassislik bo‘yicha magistrantlar Davlat attestatsiya komissiyasi huzurida o‘z magistrlik dissertatsiyalari mavzulari yuzasidan rasmiy himoya jarayonlarida ishtirok etmoqda.
🔵 Himoya ishlarida Davlat attestatsiya komissiyasi raisi, Ismoil Allakov ishtirok etib, magistrantlarning ilmiy izlanishlari va tadqiqot natijalariga baho bermoqda.
🔹 Jarayon davomida institut rektori O.Ro‘ziyev magistrantlarga muvaffaqiyat tilab, ularning kelgusi ilmiy-pedagogik faoliyatida ulkan yutuqlarga erishishlariga ishonch bildirdi. Magistrlik dissertatsiyalari himoyalari belgilangan tartib asosida davom etmoqda.