Ōtmişingga nazar solsam bobolarning dodi bor,
Qodiriy va Çōlponlarning yuz yillik faryodi bor,
Ne – ne buyuk ōḡlonlarning ōçib ketmas yodi bor,
Aziyatlar çekkan elim , kōksimdagi jon aziz,
,,Yangi Ōzbekistonda el aziz, inson aziz”.
Qança zahmatlar keçib, daddini baland tutgan,
Vatanga mehr berib, vatan deya qon yutgan,
Ōz xalqini suygan-u, ōzligini unutgan,
Elim olḡa qadam bos qança kōp imkon aziz,
,,Yangi Ōzbekistonda el aziz, inson aziz”.
Baland – baland qirlarda kişnaganda Boyçibor,
Yuksak marrani kōzlab turganlarga baxt yubor,
Mudom ona xalqimga bōlsin deyman tole yor,
Marralar sari otlan eng avval inson aziz,
,,Yangi Ōzbekistonda el aziz, inson aziz”.
Navoiyning izdoşimiz, yōldoşimiz sabrning,
Sohibqiron avlodimiz poyoni yōq qadrning,
Termiziylar,Buxoriylar, Ibn Sino, Boburning,
Qadri baland buyuk elmiz dildagi doston aziz,
,,Yangi Ōzbekistonda el aziz, inson aziz”.
Biz polvonlar farzandimiz, biz daholar farzandi,
Kōngli oçiq, qōli oçiq, xotamitoy va tanti,
Olam aro hikmat ekkan pok insonlar dilbandi,
Yuragida ōti bor el monandi arslon aziz,
,,Yangi Ōzbekistonda el aziz, inson aziz”.
Dilnoz Muşfiq olamga boq, atrof gōzal farovon,
Yangi davru zamon keldi, borliq bōldi guliston,
Biz yoşlarni qōllayapti ona yurt Ōzbekiston,
Axdi bor el, qaddi baland tengi yōq Sulton aziz,
,,Yangi Ōzbekistonda el aziz, inson aziz”.
Dilnoz Muşfiq Ōzbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi