DTPIda “Uç avlod uçraşuvi” madaniy-maʼrifiy tadbiri bōlib ōtdi
03/06/2026
⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Ōzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qōllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamḡarmasi bilan hamkorlikda “Uç avlod uçraşuvi” tadbiri taşkil etildi.
🔹Unda institut rektori Oybek Ruziyev, “Şuhrat” medali sohibi Ravşan baxşi Mamatmurotov, “Nuroniy” jamḡarmasi Surxondaryo viloyati boşqaruvi raisi Orzuqul Soatov, Denov tumani boşqaruvi raisi Azamat Xolmatov, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Yazzon Xayitqulov hamda Ōzbekiston Qahramoni Yusuf Ziyoyev iştirok etdilar.
📌 Tadbir davomida nuroniylarning hayotiy tajribasi, yoşlar tarbiyasi, milliy qadriyatlar va avlodlar vorisligi haqida samimiy suhbatlar taşkil etildi. Uçraşuvda mehnat faxriylari, davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, faxriy professor-ōqituvçilar hamda talabalar faol qatnaşdilar.