Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti futzalchilari “Islom sivilizatsiyasi markazi” da bo‘lishdi

25/05/2026
🏆 Xabaringiz bor, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti futzalchilari Respublika final bosqichida yuksak natijani qayd etdi. Farg‘ona davlat universitetida “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining futzal sport turi bo‘yicha Respublika final bosqichi yuqori saviyada, murosasiz va qizg‘in bahslarga boy tarzda yakunladi.


🖇 Musobaqa yakunlariga ko‘ra, faxrli ikkinchi o‘rinni egallab, Respublika kumush medali sovrindoriga aylandi. Musobaqa davomida sportchi-talabalarning professional tayyorgarligi, matonati va sportga bo‘lgan yuksak qiziqishi alohida e’tirof etildi.

🌟 Ular yukskak g‘alaba bilan yurtimizga qaytishar ekan, Toshkent shahrida to‘xtashab, yangi barpo etilgan “Islom sivilizatsiyasi markazi”da bo‘lishdi. U yerdagi islom olamiga oid turli ko‘rgazmalardan bahramand bo‘lishdi.