Bugun mamlakatimiz bo‘ylab “Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renessans poydevori!” shiori ostida an’anaviy “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Shu munosabat bilan Oltinsoy tumanidagi mavjud 71 ta umumta’lim maktabida o‘quv yilining yakuniga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar tashkil etildi.
Joriy o‘quv yilida tumandagi maktablarni 2879 nafar 9-sinf hamda 2618 nafar 11-sinf bitiruvchilari tamomlamoqda. 47 nafar 11-sinf bitiruvchilari muddatidan oldin oliy ta’lim muassasalariga kirish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori ham tumandagi 27-umumta’lim maktabida so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirida ishtirok etdi hamda yoshlarni qutlab, ularga kelajak hayotlarida muvaffaqiyat va zafarlar tiladi.
Shuningdek, ta’limning inson hayotidagi ahamiyati, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tdi.