Noyob tarixiy topilma

22/05/2026

📍Denov shahri Bahoriston mahallasida, sobiq dehqon bozori hududida barpo etilayotgan “Denov Mall” savdo majmuasi qurilish ishlari davomida yana bir qator noyob tarixiy topilmalar aniqlandi.

Qurilish maydonidan topilgan qadimiy ko‘zalar va boshqa tarixiy ashyolar hududning boy tarixiy-madaniy merosga ega ekanligini yana bir bor tasdiqlamoqda.



🔎 Mazkur topilmalar
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadqiqotchilari R. Xudoyberdiyev hamda J. Jonqobilov tomonidan olib kelinib, institut huzuridagi Chag‘oniyon muzeyiga topshirildi. Hozirda ushbu tarixiy ashyolar mutaxassislar tomonidan dastlabki o‘rganish va ilmiy tahlil jarayonidan o‘tkazilmoqda.

🏺 Topilmalar orasidagi qadimiy sopol ko‘zalar o‘zining shakli, bezak uslubi hamda yaxshi saqlanganligi bilan alohida e’tibor uyg‘otmoqda.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, ushbu ashyolar Denov vohasining qadimiy madaniy hayoti, hunarmandchiligi va savdo aloqalarini o‘rganishda muhim ilmiy manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

📚 Ayni paytda topilmalarning tarixiy davri, kelib chiqishi hamda madaniy ahamiyatini aniqlash yuzasidan ilmiy izlanishlar davom ettirilmoqda.

✨ Bu kabi noyob topilmalar Denov hududi qadimdan yuksak madaniyat va sivilizatsiya markazlaridan biri bo‘lganini yana bir bor namoyon etadi.