Rektorlar forumi

23/05/2026

Forum yakunida Ōzbekiston va Turkiya oliy taʼlim muassasalari ōrtasida 50 dan ortiq memorandum va hamkorlik kelişuvlari imzolandi.

Uşbu hujjatlar akademik almaşinuv dasturlarini kengaytiriş, qōşma taʼlim dasturlarini yōlga qōyiş, ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oşiriş hamda professor-ōqituvçilar va talabalar mobilligini rivojlantirişga xizmat qiladi.