PhD MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

22/05/2026

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti umumiy kimyo va kimyoviy texnologiya kafedrasi o’qituvchisi Buriyev Sayfutdin Amirqul o’g’li O’zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining qoshidagi umumiy noorganik kimyo institutida ilmiy daraja beruvchi DSc.05/2025.27.12.K/T.19.01 raqamli Ilmiy kengashda 02.00.13 – “Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi” ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Serpentinit qo’shimchali modifikatsiyalangan ammiakli selitra texnologiyasi” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Mazkur yuksak ilmiy natija nafaqat izlanuvchining ko‘p yillik izlanishlari samarasi, balki institut ilmiy salohiyatining ham yorqin ifodasidir.

Institut jamoasi nomidan Buriyev Sayfutdin Amirqul o’g’lini ushbu muhim ilmiy yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz hamda ilmiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz!