Memorandum imzolandi

22/05/2026
Buxoro davlat texnika universitetida oʻtkazilayotgan Oʻzbekiston–Turkiya rektorlari IV forumi doirasida ikki mamlakatning yetakchi oliy taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirok etib, global raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, taʼlim sifatini oshirish, innovatsion hamkorlik va akademik integratsiya masalalari yuzasidan maʼruzalar taqdim etdilar.



Forumda O‘zbekiston va Turkiyaning 60 ga yaqin oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlari, rektorlar, prorektorlar, professor-oʻqituvchilar hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.A.Ruziyev rahbarligida institutimiz vakillari ham ishtirok etyapti.

Institutimiz rektori forum doirasida Turkiyaning Otaturk, MAKU, Hajotepa universitetlarining rektorlari bilan memorandum imzoladi.