DTPIda qo’shma magistratura talabalari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi
22/05/2026
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining “Axborot texnologiyalari” hamda “Raqamli iqtisodiyot” kafedralari tomonidan Oltoy davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma (1+1) magistratura dasturi talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvdan asosiy maqsad magistrantlarning ilmiy-tadqiqot ishlari, xususan magistrlik dissertatsiyalarining bugungi holati bilan tanishish, ilmiy rahbarlar tomonidan berilgan tavsiyalar asosida mavjud kamchiliklarni aniqlash, bartaraf etish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida talabalarning dissertatsiya mavzulari, tadqiqot metodologiyasi, olingan natijalar hamda ilmiy yangilik darajasi muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida magistrantlarga dissertatsiya ishlarini yanada takomillashtirish, ilmiy maqolalar tayyorlash va belgilangan muddatlarda ilmiy ishlarni sifatli yakunlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.