Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti “Moliya va bank ishi” kafedrasi mustaqil izlanuvchisi Xidirov Muzaffar Abdimo‘minovich Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.I.12.02 raqamli Ilmiy kengash majlisida 08.00.07-“Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Tijorat banklari kredit faoliyatini takomillashtirish orqali ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlash yo‘llari” mavzusidagi Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Mazkur yuksak ilmiy natija nafaqat izlanuvchining ko‘p yillik izlanishlari samarasi, balki institut ilmiy salohiyatining ham yorqin ifodasidir.
Institut jamoasi nomidan Xidirov Muzaffar Abdimo‘minovichni ushbu muhim ilmiy yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz hamda ilmiy faoliyatida izchil muvaffaqiyatlar tilaymiz!