18-may — Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyatida yoşlar va harbiy xizmatçilar iştirokida sayohat taşkil etildi.
19/05/2026
Tadbirda Termiz va Xayraobod garnizonlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatçilar, “Vatan tayançi” otryadi yoşlari hamda otaliqqa olingan yoşlar iştirok etdilar.
Iştirokçilar Termiz sanʼat va madaniyat muzeyi, Termiz arxeologiya muzeyi hamda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituting Ōlkaşunoslik muzeyida bōlib, milliy sanʼati va madaniy merosini ōzida mujassam etgan noyob eksponatlar bilan tanişdilar.
Sayohat davomida muzey mutaxassislari tomonidan tarixiy eksponatlarning ahamiyati, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylaş va kelajak avlodga yetkaziş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Mazkur maʼnaviy-maʼrifiy tadbir iştirokçilarning milliy tariximiz va boy madaniy merosimizga bōlgan hurmatini yanada mustahkamlaş, yoşlarda vatanparvarlik va milliy ḡurur tuyḡularini yuksaltirişga xizmat qildi.