Maktab bitiruvchilari o’rtasida o’tkaazilgan olimpiada natijalari e’lon qilindi!

14/05/2026

Viloyatimiz umumta’lim maktablarining bitiruvchi sinf o’quvchilari o’rtasida o’tkazilgan kimyo, biologiya va fizika fanlari bo’yicha ko’p bosqichli “DTPI olimpiadasi”da tumanlar kesimida g’oliblar aniqlandi va iqtidorli yoshlar taqdirlandi.

Olimpiada g’oliblarini taqdirlash marosimida institutu rektori O.Ruziyev, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor A.Mengliboyev, O’quv ishlari bo’yicha prorektori U.Bo’tayev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor R.Shukurov hamda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi boshlig’i I.Sattorovlar ishtirok etdilar.

Eslatib o’tamiz, olimpiadaning yakuniy bosqichida birinchi, ikkinchi hamda uchinchi o’rinni qo’lga kiritgan ishtirokchilar tegishli fan sohalari bo’yicha Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga bakalavriat bosqichiga imtiyozli kirish imkoniyatini qo’lga kiritadilar.

DTPI olimpiada Umumta’lim Kimyo ,Biolgiya va fizika viloyat bosqichi natijalari

DTPI olimpiada Umumta’lim Kimyo ,Biolgiya va fizika OTM bosqichi natijalari