Xotira-muqaddas, qadr-abadiy

08/05/2026

📌 Pedagogika fakultetida Yoshlar kuni munosabati bilan Sariosiyo tumanida joylashgan harbiy qism vakillari taklif etilib, ular ishtirokida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Xotira-muqaddas, qadr-abadiy” mavzusida uchrashuv bo’lib o‘tdi.

💬 So‘zga chiqqanlar bu kunning mazmun-mohiyati, tinch kunlar qadri, urush qahramonlari, jasorat, mardlik, vatanparvarlik haqida ibratli fikrlarni bayon etdilar.

🔰 Tadbir tashkilotchilaridan Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi Nuriddin Shukurov harbiylar hayoti, tinchlik posbonlarining mashaqqatli mehnat faoliyati haqida so‘z yuritib, dilrabo qo‘shiqlar bilan davraga fayz olib kirdi.

🖇 Mazkur harbiy qism bilan fakultet o‘rtasida imzolangan memorandum asosida doimiy ravishda bu kabi tadbirlarni o’tkazib borish, ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirish haqida fikr-mulohazalar almashinildi.