Bitta askar — bitta kasb

05/05/2026

⚡️ Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 6-aprel kuni mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va harbiy xizmatchilarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda tegishli takliflar bilan tanishdi. Unda yoshlarni harbiy xizmat jarayonida kasbga o‘rgatish va ta’lim bilan qamrab olish masalalari muhokama qilindi.

✅ Endilikda  2026–2027-o‘quv yilidan boshlab, harbiy xizmatchilar uchun harbiy xizmat davrida oliygohlarga o‘qishga kirib, masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi. Shu asosda Aniq va tabiiy fanlar fakulteti o‘qituvchisi Asliddin Bolliyev tomonidan 36691-harbiy qismda “Bitta askar — bitta kasb” mavzusida seminar o‘tkazildi. Seminar jarayonida Uzbmb (DTM) imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish bosqichlari, test sinovlari tizimi, fanlarni to‘g‘ri tanlash, samarali o‘qish usullari va vaqtni boshqarish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. Ishtirokchilarga mustaqil tayyorgarlik olib borish, onlayn resurslardan foydalanish va test savollari bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy yo‘riqnomalar ham taqdim etildi.

✅ Mazkur tashabbus yoshlarning harbiy xizmat davomida ham bilim olish, kasb egallash va kelajakda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi.