Ḡolib talabamizni kutib oliş marosimi

06/05/2026

🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Jismoniy madaniyat yōnalişi 3-bosqiç talabasi Alimardon Abdulaxatov 81 kg vazn toifasida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali doirasida taşkil etilgan milliy kuraş musobaqalarida ḡoliblikni qōlga kiritib, boş sovrin — “Prezident sovḡasi” Damas avtomaşinasi sohibiga aylangan edi.

🏆 Bugun ertalab qizḡin va murosasiz keçgan bellaşuvlarda barçaga ibrat bōlib, institutimiz orini himoya qilgan talabamizni kutib oliş marosimi bōlib ōtdi.

🖌 DTPI rektori O.A.Ruziyev rahbarligida institut professor-ōqituvçilari, talabalar, Alimardonning kursdoşlari, ustozlari uni tantanali kutib olişdi.

❇️ Eʼtirof etildiki, ḡoliblik anʼanasi endi davom etadi. Buning uçun barça imkoniyatlar mavjud.