Talabalar milliy kurash bo‘yicha sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi!

04/05/2026

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida o‘tkazilayotgan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali doirasida tashkil etilgan milliy kurash musobaqalarida oliy ta’lim muassasalari talabalari ham yuqori natijalarni qayd etdi.

🏆Qizg’in va murosasiz kechgan bellashuvlarda talabalar o‘z mahorati va jismoniy tayyorgarligini namoyon etish barobarida sovrinli o‘rinlarni ham qo‘lga kiritdi.

🔹 81 kg vazn toifasida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Alimardon Abdulaxatov g‘oliblikni qo‘lga kiritib, bosh sovrin — “Prezident sovg‘asi” Damas avtomashinasi sohibiga aylandi.

🔹 66 kg vazn toifasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi Asadbek Mohirov 1-o‘rinni egalladi.

🔹 Shu vazn toifasida Termiz davlat universiteti talabasi Akobir Qurbonov faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/161454