Indoneziyalik mehmonlar “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalida
04/05/2026
✨“Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining to‘rtinchi kuni ham mazmunli, rang-barang hamda unutilmas tadbirlarga boy tarzda davom etmoqda. Festival doirasida xorijiy mehmonlar ishtirokining ortib borayotgani uning nufuzi va geografiyasi tobora kengayib borayotganidan dalolat beradi. Turli millat va madaniyat vakillarini bir maydonda jamlayotgan ushbu festival xalqlar o‘rtasida do‘stlik rishtalarini mustahkamlash, milliy qadriyatlar va boy an’analarni targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
🇺🇿🇲🇨Bugun festival mehmonlari safida Indoneziyadan tashrif buyurgan delegatsiya ham borligi tadbirga alohida ko‘rk bag‘ishladi. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O. Ruziyev mehmonlarni samimiy kutib olib, ularga vohamizning boy tarixi, betakror madaniy merosi hamda institutda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Uchrashuv davomida mehmonlar o‘zaro madaniy almashinuvni yanada rivojlantirish, hamkorlik aloqalarini kengaytirish borasida fikr almashdilar.
🌐Mazkur tashrif festivalning xalqaro ahamiyatini yana bir bor namoyon etib, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.