Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Sport kuni” doirasida ommaviy yurish marafoni va badantarbiya mashqlari o‘tkazildi
25/04/2026
📅 25-aprel kuni institut professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirokida erta tongdan “Sog‘lom hayot uchun 5 ming qadam” shiori ostida ommaviy yurish marafoni o‘tkazildi.
Tadbir institutning barcha binolarida tashkil etilib, fakultet dekanlari boshchiligida kafedra professor-o‘qituvchilari hamda bo‘lim xodimlari faol ishtirok etdilar. Badantarbiya mashqlari o‘tkazildi.
Mazkur tadbir sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoada jipslikni mustahkamlash hamda jismoniy faollikni oshirishga xizmat qildi.