Rahbar va talabalar uchrashuvi

23/04/2026

🪐 Pedagogika fakultetida bitiruvchi talabalari uchun davra suhbati tashkil etildi. Unda Surxondaryo viloyati Milliy bank AJ boshqarmasi boshlig‘i B.E.Mamarajobov, o‘rinbosari O‘.Rajabov hamda institutning “Kelajakka qadam” markazi boshlig’i Sh.Jo’raqulovlar ishtirok etdilar.

❇️ Tadbir “Kelajakka qadam” dasturi doirasida o‘tkazilib, asosiy e’tibor ishsiz bitiruvchi talabalarni tadbirkorlikka jalb etish, ularga o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishda amaliy ko‘mak berish masalalariga qaratildi. Suhbat davomida imtiyozli kreditlar olish tartibi, ularning shartlari va imkoniyatlari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

📌 Mazkur davra suhbati yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

💫Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar va zarur bilim va tavsiyalarga ega bo‘ldilar.