Ilmiy-seminar maşḡuloti

13/04/2026

🏛 2026-yil 11- aprel sanasida Ōzbekiston Respublikasi Qişloq xōjaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qişloq xōjaligi sohasida strategik rivojlaniş va tadqiqotlar xalqaro markazi direktori ōrinbosari Egamberdiyeva Dilfuza Rustamovna tomonidan institut talabalari, magistrantlari, doktorantlari, mustaqil izlanuvçilari va professor-ōqituvçilari uçun “Ilmiy tadqiqot işlarida akademik halollik tamoillari” va “XXI asrda ilm-fan taraqqiyotining asosiy tendensiyalari hamda tadqiqot olib boriş metodologiyasi” mavzularida ilmiy-seminar maşḡuloti olib borildi.

🔹 Seminar-trening iştirokçilari ilm-fanda zamonaviy akademik halollik tamoillari borasida kōplab ilmiy yondoşilgan maʼlumotlarga ega bōlişdilar.

🖌 Seminar-trening maşḡuloti yuqori saviyada ōtdi. Uning yakunida talabalar, magistrlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvçilar va professor-ōqituvçilar ōzlarini qiziqtirgan barça savollari yuzasidan batafsil javoblarni olişdi.