Institutimiz rektori O.A.Ruziyev Pedagogika fakultetida bo‘lib, talabalar bilan uchrashdi

14/04/2026

🏛 Fakultetda “Rektor va talabalar uchrashuvi” tashkil etildi. Uchrashuv samimiy va mazmunli ruhda kechdi. Uchrashuv davomida bugungi kun talabalari, ta’lim sifati, o‘zlashtirish darajasi hamda yoshlarning kelajakdagi maqsad va rejalariga alohida e’tibor qaratildi.

📍 Rektor o‘z nutqida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash har bir talabaning asosiy vazifasi ekanini ta’kidlab, bugungi tez o‘zgarayotgan davrda faqat puxta bilimli, tashabbuskor va izlanuvchan yoshlar muvaffaqiyatga erisha olishinini qayd etdi.

🔵 Talabalar esa o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslari bilan faol ishtirok etib, ochiq muloqot muhitini yanada jonlantirdilar.

✔️ Uchrashuv nafaqat fikr almashish, balki kelajak sari aniq qadamlar qo‘yish uchun muhim maydon bo‘ldi.