🗣“Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan Denov Tadbirkorlik va Pedagogika institutida Uzun tumani bitiruvchi talaba yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi
🗣“Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan Denov Tadbirkorlik va Pedagogika institutida Uzun tumani bitiruvchi talaba yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi
09/04/2026
⏺️Unda Uzun tumani hokimi Xabibulla Bozorov, tuman IIB boshlig‘i O‘ktam Mustafoqulov, institut rektori Oybek Ro‘ziyev hamda tuman tashkilot va korxonalari vakillari ishtirok etdi.
🫥Uchrashuv mehnat yarmarkasi shaklida o‘tkazilib, unda 100 nafarga yaqin uzunlik bitiruvchi yoshlar qatnashdi. Tadbir davomida tuman mas’ullari tomonidan mavjud 320 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari yoshlarga taklif etildi. Eng quvonarlisi, ayrim yoshlar shu yerning o‘zida ish bilan ta’minlandi.
⏺️Mazkur uchrashuv yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda kelajakdagi faoliyatiga mustahkam zamin yaratishda muhim ahamiyat kasb etdi.