Institut va harbiy qism o‘rtasida memorandum imzolandi

08/04/2026

🏛 Bugungi kunda ta’lim tizimi va harbiy soha o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirish maqsadida DTPI hamda harbiy qism o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

🔰 Mazkur memorandum doirasida tomonlar o‘rtasida ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirish, talaba-yoshlar uchun harbiy-amaliy mashg‘ulotlar, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, sport musobaqalari, seminar-treninglar tashkil etish, shuningdek, ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish belgilab olindi.

🔵 Tadbir davomida so‘zga chiqqan mas’ullar ushbu hamkorlik kelgusida yoshlarning bilim va salohiyatini oshirish, ularni Vatanga sadoqat ruhida kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladilar.