Buyuk sarkarda va davlat arbobi “Amir Temur tavalludining 690 yilligi” munosabati bilan Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Zakovat” intellektual musobaqasi tashkil etildi. Mazkur tadbirning asosiy maqsadi talaba-yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, tarixiy merosimizga bo‘lgan hurmat va e’tiborni kuchaytirish hamda ularning mantiqiy fikrlash, tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Musobaqa davomida ishtirokchilar turli yo‘nalishlardagi savollarga javob berish orqali o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. Amir Temur hayoti va faoliyatiga oid savollar yoshlarda tarixiy bilimlarni mustahkamlashga xizmat qildi. Yakuniy natijalarga ko’ra: 1-o’rin “Deadline” jamoasi 2-oʻrin “16T-25” jamoasi 3-oʻrin “7Tu-23 va 8KI-24” jmaoalariga nasib etdi. Talaba-yoshlarni kelgusida ham shunday ma’naviy-ma’rifiy hamda intellektual tadbirlarda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!