Bitiruvçi kurs talabalari ōrtasida olimpiada imtihonlari bōlib ōtdi
09/04/2026
🏛 Oliy taʼlim muassasalarida “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlari bōyiça Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 23-fevraldagi 72-son buyruḡi asosida Respublika fan olimpiadasi ōtkazilişi rejalaştirilgan.
🖋 Şu munosabat bilan 8-aprel kuni Axborot texnologiyalari kafedrasining Matematika va informatika, Kompyuter injiniringi taʼlim yōnalişlari bitiruvçi kurs talabalari ōrtasida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan olimpiada imtihoni bōlib ōtdi.
📌 Olimpiada imtihonini institutimiz Ōquv işlari bōyiça prorektori, Tadbirkorlik va boşqaruv fakulteti dekani, Taʼlim sifati nazorati bōlimlari hamda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş “Komplaens nazorat” tizimini boşqariş bōlimi vakillari nazorat qilib borişdi.
🔵 Ōtkazilgan olimpiada imtihoni Nizom talablari asosida oçiqlik, şaffoflik va yuqori taşkiliy saviya asosida olib borildi.