DTPIda professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar hamda yosh tadqiqotchilar uchun ilmiy faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan seminar-trening tashkil etilmoqda.
🗓 Sana: 2026 yil 11 aprel 🕚 Vaqt: soat 11:00 📍 Joy: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti ”Bog’” ko’chasi manzilidagi binosi, Kengash xonasi.
🎓 Seminar-trening mavzulari: 🔹 Tadqiqot olib borish metodologiyasi 🔹 Yuqori impakt faktorli ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish yo‘llari
Ushbu seminar-trening davomida zamonaviy ilmiy tadqiqot metodologiyasi, xalqaro ilmiy jurnallarda maqola chop etish talablari, ilmiy maqola tayyorlash bosqichlari hamda ilmiy natijalarni samarali taqdim etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi.
Barcha professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilarni mazkur seminar-treningda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.