Hokim va bitiruvçi yoşlar uçraşuvi

07/04/2026

🏛 Bugun DTPI Pedagogika fakuletida yoşlar bandligini taʼminlaş, kasbiy rivojlantiriş va kōmak beriş maqsadida Sariosiyo tuman hokimi O.A.Yaqubov iştirokida uçraşuv bōlib ōtdi.

🖌 Jarayonda DTPI rektori O.A.Ruziyev, Sariosiyo tumanida faoliyat yurituvçi bank vakillari, masʼul taşkilot rahbarlari, DTPIning Sariosiyo tumanida yaşovşi bitiruvçi kurs talabalari hamda Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti bitiruvçi kurs talaba-yoşlari iştirok etişdi.

📌 Uçraşuvdan kōzlangan asosiy maqsad-bitiruvçi yoşlarni munosib iş ōrinlari bilan taʼminlaş, tadbirkorlik taşabbuslarini qōllab-quvvatlaş hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişda yoş kadrlar salohiyatidan samarali foydalaniş kabi masalalarni muhokama qilişdan iborat bōldi.

🕚 Uçraşuv savol-javoblar asosida ōtdi. Bitiruvçilarning kōplab murojaatlari joyida hal etildi. Vaqt talab etiladigani tegişli taşkilotlarga yōnaltirildi.