Ota-onalari yig‘ilishi

06/04/2026

🟣 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 yanvardagi PQ-1-sonli va PQ-2 sonli qarorlari hamda 2025 yil 3 noyabrdagi PF-207-sonli farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tyutori B.Xidirov tomonidan o‘ziga biriktirilgan talabalarning ota-onalari ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi.

🗣 Yig‘ilishda Institut rektori O.A.Ruziyev, fakultet dekani, institut profilaktika inspektori, psixologi, fakultet tuytorlari, talabalar hamda ularning 92 nafar ota-onalari qatnashdilar.

🔵 Unda yoshlar o‘rtasida dolzarb muammoga aylanib borayotgan giyohvandlik va kiberjinoyatchilikning oldini olish, talabalarning intizomi, institut dress kodi, o‘quv jarayonidagi o‘zlashtirish darajasi hamda ijara xonadonlaridagi yashash sharoitlari atroflicha muhokama qilindi.