🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi professor-ōqituvçilari hamda “Ijtimoiy iş” yōnalişi talabalari Butunjahon ijtimoiy iş kuni munosabati bilan taşkil etilgan “Ijtimoiy iş oyligi” doirasida ōtkazilgan tadbirda faol iştirok etdilar.
📌 Xususan, ijtimoiy xodimlar va oliy taʼlim muassasalarining “Ijtimoiy iş” yōnalişi talabalari ōrtasida taşkil etilgan “Zakovat” intellektual ōyinlarida bilim va salohiyatlarini namoyon etib, yuqori faollik kōrsatdilar.
🔵 Mazkur intellektual bellaşuvlarda erişilgan natijalar va kōrsatilgan taşabbuskorlik uçun Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti vakillari Ōzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya bōyiça maslahatçisi – ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M.P.Olloyorov tomonidan “Taşakkurnoma” bilan taqdirlandilar.