Yoşlar kuni

04/04/2026

✨Termiz tumanidagi “Marvarid” dam oliş maskanida Payşanba — “Yoşlar kuni” munosabati bilan “Yoşlar festivali” yuqori saviyada taşkil etildi.

🏆Festivalning asosiy maqsadi yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, ularning bōş vaqtini mazmunli taşkil etiş, şuningdek, intellektual, ijodiy va jismoniy salohiyatini rivojlantirişdan iborat bōldi.

🥁Tadbirda kōplab yoşlar faol iştirok etib, ōz iqtidor va taşabbuslarini namoyon etdilar. Festival doirasida sahna çiqişlari, “Zakovat” intellektual ōyinlari, yoş ixtiroçilar va tadbirkorlar kōrgazmalari, milliy hunarmandçilik namoyişlari, sport musobaqalari hamda kitobxonlik kōrik-tanlovlari taşkil etildi. Tadbirda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.Ruziyev iştirok etib, yoşlar bilan muloqot qildilar.

🎼Festival yakunida bayramona kuy-qōşiqlar ijro etilib, tadbir kōtarinki ruhda yakunlandi.