Hurmatli va qadrli jamoa a’zolari, ustozlar, xodimlar va aziz talaba-yoshlar!

21/03/2026

⚡️Avvalo, Sizlarni kirib kelayotgan bahorning eng ulug‘ va qutlug‘ ayyomi – Navro‘z bayrami munosabati bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz. Navro‘z qadim-qadimdan xalqimiz tomonidan e’zozlab kelinayotgan, yangilanish, poklanish, mehr-oqibat va ezgulik timsoli bo‘lgan milliy bayramdir. Ushbu qutlug‘ kun tabiatning uyg‘onishi, hayotning yangilanishi, inson qalbida ezgu niyat va umidlarning jo‘sh urishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Navro‘z – milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizning yorqin ifodasi bo‘lib, xalqimizning bag‘rikengligi, mehr-oqibati hamda birlik va hamjihatlik fazilatlarini yanada mustahkamlaydi. Asrlar davomida ajdodlarimiz bu bayramni ezgulik, saxovat, mehr-muruvvat va o‘zaro hurmat ruhida nishonlab kelganlar.

📌 Aziz jamoamiz a’zolari! Sizlar o‘z bilim va salohiyatingiz, fidokorona mehnatingiz hamda yurtimiz ravnaqi yo‘lida olib borayotgan samarali faoliyatingiz bilan jamiyatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelmoqdasiz. Sizlarning sa’y-harakatlaringiz tufayli yosh avlodni bilimli, vatanparvar va barkamol insonlar etib tarbiyalash yo‘lida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Shu muborak Navro‘z ayyomida barchangizga mustahkam sog‘lik, xonadonlaringizga tinchlik-osoyishtalik, fayz-u baraka tilaymiz. Qalbingizni doimo quvonch va baxt tark etmasin, har bir kuningiz bahorning go‘zal nafasidek iliq va barakali bo‘lsin. Oilangizda totuvlik, hayotingizda esa yangi zafar va yutuqlar hamisha hamroh bo‘lsin. Navro‘z bayrami barchamizga yangi kuch-g‘ayrat, ezgu niyatlar va ulkan muvaffaqiyatlar olib kelsin. Yurtimiz ravnaqi va jamiyat taraqqiyoti yo‘lida olib borayotgan sharafli faoliyatingizda omad va zafarlar tilaymiz.